Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning mamlakatdan xalqaro sanksiyalar olib tashlanganidan so‘ng Yevropaga ilk tashrifi chog‘ida, 25-yanvar, dushanba kuni Eron va Italiya o‘rtasida umumiy summasi 17 milliard yevroga teng bir necha kelishuvlar imzolandi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Italiya hukumatidagi manba kelishuvlar energetika, infratuzilma, po‘lat yetkazib berish va kema qurilishini qamrab olgani, jumladan, Saipem (SPMI.MI) guruhi bilan 5 milliard, Danieli (DANI.MI) firmasi bilan 5,7 milliard, Condotte d'Acqua firmasi bilan 4 milliard yevro miqdoridagi shartnomalar tuzilganini ma’lum qilgan.
Ruhoniy 27-yanvar, chorshanba kuni Fransiyaga yo‘l oladi. Bu yerda Eron vakillari Airbus kompaniyasi bilan 114 ta samolyot xarid etish bo‘yicha shartnomaga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda.
Izoh (0)