Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pichoq bilan qurollangan ekstremistlar Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi yahudiylarning Beyt-Xoron qishlog‘idagi do‘konda ikki nafar isroillik ayolni yaraladi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi vakili Piter Lernerga tayanib, “TASS” xabar qilmoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Ikki nafar pichoq bilan qurollangan jinoyatchi Beyt-Xoron hududidagi supermarketga kirdi va ikki ayolga jarohat yetkazdi”, — dedi Lerner. Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik xizmati xodimlari hujumchilarni voqea joyida otib tashladi.

2015-yilning oktabrida Isroil va Iordan daryosining g‘arbiy sohilida boshlangan zo‘ravonliklar hozirgacha 24 nafar isroillik va 150 nafar falastinlikning o‘limiga olib keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi