Tailandning janubidan topilgan samolyotning bo‘laklari Malaysia Airlines kompaniyasining MH370 reysini amalga oshirgan Boeing 777-200 samolyotiga tegishli bo‘lmagan. Bu haqda Malayziya Transport vazirligining ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Boshqarma bo‘laklar halokatga uchragan samolyotning qismlariga mos kelmasligi, shuningdek, ulardagi raqamlar Malaysia Airlines kompaniyasining samolyotlariga qarashli emasligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Tailandning janubiy sohillaridan topilgan samolyot bo‘laklari 2014-yilning martida yo‘qolib qolgan Malayziya Boeing’iga tegishli deb taxmin qilinayotgan edi.
Izoh (0)