Professional boksning superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik Xasim Rahmon o‘zbekistonlik Ruslan Chagayevga baho berishdan oldin o‘zining rossiyalik Aleksandr Povetkindan qabul qilib olgan mag‘lubiyatini muhokama qilsa yaxshi bo‘lardi. Bu so‘zlar Chagayevning menejeri Timur Dugazayevga tegishlidir, deb xabar beradi “Olamsport”.
Ikki kun avval Rahmon 5-mart kuni Grozniyda o‘tkaziladigan jangda avstraliyalik Lukas Braun Ruslan Chagayevni nokautga uchratishini aytgan edi. Bu borada u bir paytlar mutloq jahon chempioni britaniyalik Lennoks Lyuisni nokautga uchratganini ham qo‘shimcha qilgan edi.
“Grozniyda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazish bu Ramzan Axmatovich Qodirovning istagi. Ruslanning o‘zi istalgan joyda jang o‘tkazishga tayyor. Meni Rahmonning fikri hayron qoldirdi. U bir paytlar Lyuisni qanday mag‘lub etganini esga olibdi. Bu borada Povetkindan qabul qilingan mag‘lubiyatni ham yodga olsa yaxshi bo‘lardi”, — dedi Dugazayev.
Izoh (0)