GSMArena 21-fevralda taqdim etilib, 11-martda AQShda savdoga chiqariladigan Samsung Galaxy S7 smartfonining ekrani va kamerasi suratlarini ko‘rsatdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Suratda SM-G930F model raqamli qurilmalar uchun asosiy kamera matritsasi aks etgan. Sertifikat ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu raqam aynan Samsung Galaxy S7’ga tegishli. Yangi kamera orqa korpusning chap tomoniga ko‘chirilgan, Galaxy S6’da u markazda joylashgan edi.
Ikkinchi suratda esa smartfon ekranini ko‘rish mumkin. Ekran tepasiga yopishtirilgan yorliq brend nomini bekitib turibdi, biroq displey pastidagi Home tugmasi va katta klavishlar uning Samsung Galaxy S seriyasidagi mahsulot ekanligidan dalolat beradi.
Izoh (0)