Rim papasi Fransisk Vatikanda Apple rahbari Tim Kuk bilan yopiq uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Suhbat tafsilotlari ma’lum qilinmayapti, biroq uchrashuv yakunlari bo‘yicha Fransisk internet, ijtimoiy tarmoqlar va matnli xabarlarni “agar oqilona foydalanilsa, xudoning in’omi” deb atadi.
“Muloqot samimiyligini texnologiyalar emas, balki inson qalbi va bizning ulardan oqilona foydalanish qobiliyatimiz belgilaydi”, — dedi u.
Izoh (0)