Ispaniya sohillari yaqinida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga tayanib, “Segodnya.ua” xabar beradi.
Yer silkinishi epimarkazi Ispaniyaning Malaga shahridan 162 kilometr masofada joylashdi.
Zilzila oqibatida yuzaga kelgan vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Kuni kecha, 24-yanvar kuni Alyaskada, Iliamna ko‘li yaqinida 7,1 magnitudali zilzila yuz bergan edi.
Izoh (0)