Portugaliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining birinchi turida o‘ng markazchi nomzod hisoblanadigan Marselo Rebelo di Souza 52,4 foiz to‘plab, g‘olib chiqdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
67 yoshli di Souza gazeta muharriri, siyosiy sharhlovchi bo‘lib ishlagan, keyinchalik hukumat a’zosi bo‘ldi, Yevroparlamentga saylandi. U huquq professori ilmiy unvoniga ega.
Di Souza mart oyida mamlakatning amaldagi prezidenti, ushbu lavozimda ikki muddat faoliyat ko‘rsatgan Anibal Kavaku Silvani almashtiradi.
Izoh (0)