Yevropa futbol assotsiyatsiyalari ittifoqi (UEFA) Ijroiya qo‘mitasi 2016-yil Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati o‘yinlarida to‘pning darvozaga kirganligini avtomatik tarzda aniqlash tizimi joriy etilishini tasdiqladi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
Mazkur qaror UEFA Ijroiya qo‘mitasining Shveysariyadagi Nyon shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi.
Bundan tashqari, golni aniqlash tizimi UEFA Chempionlar Ligasi ― 2016/17 o‘yinlarining 1/8 final bosqichida ham ishga tushiriladi.
Ma’lum qilinishicha, bosh hakamning jarima maydoni va uning atrofini kuzatishda yordam beradigan qo‘shimcha yordamchilari golni aniqlash tizimi bilan bir qatorda odatdagidek ishlashda davom etadi.
Tizim Angliya premyer-ligasining 2013/14-mavsumida hamda 2014-yilda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ilk marotaba sinovdan o‘tkazilgan.
Izoh (0)