AQSh Havo kuchlari tomonidan IShID guruhining Iroq va Suriyadagi marralariga qarata 2015-yilning 4—17-iyul kunlari davomida uyushtirilgan aviahujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan. Bu haqda AQSh Harbiy kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi (Centcom) bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Centcom Amerikaning bombardimonlari oqibatida Iroq va Suriyada tinch aholi vakilidan jami 16 kishining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan hodisa tafsilotlarini o‘rganib chiqdi. Bu safar IShID guruhining poytaxti hisoblangan Suriyaning Rakka shahrida ikki kishi halok bo‘lganligi aniqlandi.
Centcom rasmiy vakili Patrik Rayderning ta’kidlashicha, jangarilar ko‘p aholi istiqomat qiladigan hududlarda, tinch aholi orasida yashirinib faoliyat olib borishga harakat qiladi.
Rayder sodir bo‘lgan hodisalardan afsusda ekanligini ma’lum qilib, AQSh Harbiy kuchlari tinch aholi vakillari qurbon bo‘lishining oldini olish maqsadida operatsiyalarni uyushtirishda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishini, lekin bu safar fuqarolarning o‘limi sodir bo‘lganligini bayon qildi.
Izoh (0)