Turkiyaning Diyorbakir viloyatidagi maktab yaqinida yasama portlovchi qurilmaning portlab ketishi oqibatida besh nafar maktab o‘quvchisi jabrlandi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Portlash vaqtida bolalar maktab hovlisida bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Hukumat sodir bo‘lgan hodisa uchun javobgarlikni Kurdiston ishchi partiyasiga yuklamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Diyorbakir shahrida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari tomonidan yo‘l yoqasiga qo‘yilgan mina portlashida turk xavfsizlik kuchlarining ikki xodimi halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)