Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston harbiy-dengiz kuchlarining 15,6 metr uzunlikdagi tutuvchi kateri bortida yuz bergan yong‘indan so‘ng, Chennai shahri sohillarida cho‘kib ketdi. Bu haqda The Hindu nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.

Foto: “07kbr.ru”

Foto: “07kbr.ru”

Uning bortida olti kishi bo‘lgan, ulardan hech biri jabrlanmagan.

Hindiston harbiy-dengiz kuchlarining vakili kontr-admiral Alok Bxatnagarning nashrga ma’lum qilishicha, katerda yong‘in boshlangandan so‘ng, uning bortida bo‘lgan odamlar kater yaqinida suzib yurgan Hindistonning harbiy kemasiga suzib o‘tgan.

Bxatnagarning so‘zlariga qaraganda, olov kater korpusiga sezilarli darajada zarar yetkazgan va ekipajning harakatlariga qaramasdan, u cho‘kib ketgan. Hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi