Alabama hukumati tomonidan 2013-yildan beri birinchi marta 21-yanvar, payshanba kuni o‘lim jazosining ijrosi amalga oshirildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Hukm Atmor shahrida joylashgan qamoqxonada o‘limga olib keluvchi inyeksiya yordamida ijro etildi.
Hukm 1993-yilda yosh ayolni nomusiga tegish va o‘ldirishda aybdor deb topilgan Kristofer Yujin Bruksga nisbatan amalga oshirildi. U sud advokatlarning o‘lim jazosini bekor qilish haqidagi iltimosnomasini rad etgandan so‘ng, qatl etildi.
Bungacha Alabamada “o‘ldiruvchi ukol” 2013-yilning iyulida qilingan edi. O‘lim jazosini ijro etishdagi ikki yildan ortiq tanaffus inyeksiya moddalarining yetishmasligi bilan bog‘liqdir.
Izoh (0)