Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Niderlandiya tashqi savdo va hamkorlikni rivojlantirish vaziri Lilianne Plumen mamlakat Suriyaning ochlikdan aziyat chekayotgan aholisiga yordam berish uchun 4 million yevro ajratishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi vaziyat kundan-kunga og‘irlashib bormoqda. “Millionlab odamlarning bundan yomoni bo‘lmasligiga ishonchi komil edi, ammo endi ularga ochlikdan vafot etish xavf solmoqda, — dedi vazir. — Bu bunday vaziyatning yuzaga kelishiga qo‘yib bergan bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlar uchun haqiqiy sharmandalik”.

Niderlandiya tomonidan ajratilgan pullar Suriyaning Qizil Xoch tashkiloti orqali oziq-ovqat, ichimlik suvi va isitish jihozlarini xarid qilish uchun sarflanadi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qamaldagi Madaya shahrida so‘nggi oyda ochlikdan 32 kishi nobud bo‘lgan. Boshqa aholi punktlarida ham vaziyat og‘ir.

Niderlandiya Suriyaning eng yirik donorlaridan biri hisoblanadi. 2015-yilda ushbu mamlakat Suriya aholisiga yordam ko‘rsatish uchun 200 million yevro yuborgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi