Koreya xalq armiyasi razvedkasining rahbari, to‘rt yulduzli general Kim Yon Chxol KXDR va Seul munosabatlarining yangi kuratori etib tayinlandi. Bu haqda “Ryonxap” agentligining Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmatidagi manbasiga tayanib bergan ma’lumoti asosida “TASS” xabar beradi.
“U Koreya mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosining kotibi va Koreya mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi yagona fronti bo‘limining rahbari etib tayinlandi”, — deyiladi agentlik manbasida.
Dekabr oyi oxirida Janubiy Koreya bilan munosabatlarda kuratorlik qilgan Shimoliy koreyalik partiya arbobi Kim Yan Gon avtohalokat oqibatida 73 yoshida halok bo‘lgan edi.
Avvalroq Koreya Respublikasi OAVlari Kim Yon Chxol 2009-yildan beri KXDRning chet eldagi razvedka operatsiyalari, shuningdek, elektron va kibernetik razvedka uchun javob berib kelganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)