Latviya prezidenti Raymond Veyonisning yuragida shoshilinch operatsiya o‘tkaziladi. Bu haqda davlat rahbari devonxonasi ma’lumotiga tayanib, “Nur.kz” xabar beradi.
18-yanvar, dushanba tongida prezident Rigadagi “Gaylezyers” toksikologiya va sepsis shifoxonasiga yotqizilgan edi.
Davlat rahbari devonxonasining ma’lum qilishicha, Veyonis shifoxonaga virusli infeksiyaga qarshi davolanish uchun olib borilgan. 19-yanvar, seshanba kuni shifoxona prezident kardiologiya bo‘limiga joylashtirilganligini ma’lum qildi.
Veyonisga yurak klapanlarida sepsisning birinchi o‘chog‘i paydo bo‘lganligi tashxis qilindi. Shifokorlar infeksiya tarqalishining oldini olish uchun shoshilinch operatsiya o‘tkazish lozimligi haqida xulosaga keldi.
Operatsiya oldidan prezident va uning oilasi kasallik va uni davolash rejasi haqida batafsil ma’lumot oldi va operatsiya o‘tkazish uchun rozilik berdi.
Izoh (0)