18-yanvarning muhim yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Barak Obama: Yaqin Sharqda yana bir urushning oldi olindi. Obamaning ta’kidlashicha, diplomatik urinishlar tufayli Eron bilan munosabatlardagi keskinlik yumshatildi.
2. Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQShga tashrif buyuradi. Tashrif davomida Vashington shahrida O‘zbekiston — AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi.
3. O‘zbekiston Seysmologiya instituti: Kuchsiz zilzilalar bo‘lmasa, hushyor tortamiz. Ya’ni, yer unda-bunda sekingina qimirlab qo‘ygani yaxshi ekan, jim yotganidan ko‘ra.
4. O‘zbekistonlik yigit Shvetsiyada yosh qizni nomusiga tahdiddan saqlab qoldi. O‘zbekistonlik yigit o‘zini qahramon hisoblayotgani yo‘q.
5. Yanvarda bahor: O‘zbekistondagi noodatiy iliq havo daraxt va gullarni uyg‘otmoqda. 2015-yili ham shunday bo‘lgandi, oxiri, martda qor yoqqandi.
Izoh (0)