Toshkent shahrida bodom gulladi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri Gulnora Yusupova ma’lum qildi.
Bodom Mirzo Ulug‘bek tumani, Olmachi 4-tor ko‘chasidagi 71-maktab yaqinida gullagan.
Bundan tashqari, mobil muxbirimiz butun maysazor bo‘ylab gullab yotgan binafshalarning suratini ham keltirdi.
Oldinroq Chirchiqda boychechak, Toshkentda esa binafsha va boshqa turdagi gullarning gullagani xabar qilingandi.
O‘zbekistonda hukm surayotgan iliq ob-havo yana bir necha kun davom etadi. 19-yanvar kuni O‘zbekistoning ayrim hududlarida havo harorati +17 darajagacha iliq bo‘ladi.
Izoh (0)