17-yanvar kuni Toshkent politexnika muzeyida Xalqaro yosh ixtirochi kuni nishonlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Maktab, kollej va litsey o‘quvchilari, shuningdek, talabalar 30 dan ortiq ixtirolarni tashrifchilar va hay’at hukmiga havola qildi.
“Kreativ texnik yechim” yo‘nalishida uchta o‘rin ham Turin politexnika universiteti talabalariga nasib etdi. Ular ClockBot robot qo‘l, Solar Tracker va Line Follower ixtirolarini taqdim etdi.
Shuningdek, boshqa qator nominatsiyalar bo‘yicha portativ mini kavsharlagich, ionli dvigatel, portativ yo‘ldoshli antenna, musiqa eshittiradigan ekskavator, Lego’dan yasalgan robot va boshqa xilma-xil ixtirolar g‘olib bo‘ldi.
Izoh (0)