2016-yilning 19—21-yanvar kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif davomida Vashington shahrida O‘zbekiston — AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, Davlat departamenti va boshqa muassasalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)