O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 19-yanvardan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2826 so‘m 48 tiyin etib belgilandi. Bu 2016-yil 12-yanvardagi kursga nisbatan 5 so‘m 5 tiyinga ko‘p.
19-yanvardan e’tiboran 1 yevro qiymati 3078 so‘m 88 tiyin (12-yanvardagi kursga nisbatan 25 so‘m 3 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 36 so‘m 92 tiyin (12-yanvardagi kursga nisbatan 1 so‘m 77 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)