Turkiya janubi-sharqida yo‘lga o‘rnatilgan bombaning portlashi oqibatida uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi, to‘rt nafari yaralandi. Bu haqda CNN Turk telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, portlash Suriya bilan chegaradosh Shirnak viloyatida sodir bo‘lib, uni Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) uyushtirgan. Ular, shuningdek, turk qo‘shinining harbiy bazasiga ham hujum qilgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
2015-yilning iyul oyidan buyon Turkiya harbiy kuchlari tomonidan KIPga qarshi mamlakat hududida va Iroqning shimolida bir nechta harbiy operatsiya uyushtirildi. Bunga javoban, KIP o‘zining harbiy faoliyatini faollashtirib, deyarli har kuni harbiy kuchlarga qarshi hujum uyushtira boshladi.
Izoh (0)