AQSh prezidenti Barak Obama Eron bilan yadro dasturi va boshqa kelishuvlarga doir chiqish qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”
Obamaning ta’kidlashicha, diplomatik urinishlar tufayli Eron bilan munosabatlardagi keskinlik yumshatildi va “Yaqin Sharqda yana bir urushning oldi olindi”. Bugungi kunga kelib Eron atom bombasini yaratish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi: ilgari Tehronda o‘nta yadro kallagi ishlab chiqarish uchun yetarli zaxira bo‘lgan bo‘lsa, endi ular bitta bomba uchun kifoya qiladigan darajada ham emas.
Amerikalik jurnalistlar va Eron hududiga adashib kirib qolgan dengizchilar ozod etilganini e’tirof qilgan Obama shunga qaramay AQShda Eronga nisbatan terrorizmning qo‘llab-quvvatlanishi, ballistik raketalar ishlab chiqilishi, Suriya va Yamandagi mojarolarda ehtimoliy ishtiroki yuzasidan savollar qolayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Eron ballistik raketalari sinovdan o‘tkazilishini quvvatlagan kompaniya va shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etgani haqida ma’lum qilingandi.
Izoh (0)