Xitoy 2018-yilda Oyning orqa tomoniga planetalararo stansiyasini qo‘ndirishga harakat qilib ko‘rishini tasdiqladi. Bu haqda GB Times bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
XXRning Milliy mudofaa uchun fan, texnologiya va sanoat bo‘yicha davlat idorasi (SASTIND) Chanye-4 missiyasini amalga oshirishda davom etishini bayon qildi.
Oshkor qilingan rejalarga asosan, Xitoy 2018-yil iyun oyida dastlab Yer-Oy sistemasining L2 nuqtasi atrofidagi galo-orbitaga, ya’ni gravitatsion muvozanatga keltirilgan maydonga sun’iy yo‘ldosh yuboradi. Shundan keyin, statsionar Oy stansiyasi va lunoxoddan iborat bo‘lgan Chanye-4 qo‘nish moslamasi Oyga tushiriladi. Oyga uyushtiriladigan ekspeditsiyaning rejasiga Oyning mazkur qismida bo‘lgan maxsus elektromagnit muhitdan kelib chiqib, past chastotali radio to‘lqinlarni o‘rganish kiradi. Shu maqsadda, past chastotali radio tarqatish spektroskopi o‘rnatiladi.
Orbitadagi sun’iy yo‘ldosh esa, missiya bilan yaxshiroq aloqani ta’minlab, uni nazorat qilishga ko‘maklashishi oqibatida aloqaning kechikishi ikki soniyaga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)