“O‘zbekkino” rahbari o‘zgardi — keng jamoatchilikka “Vatan” filmi so‘nggidagi “Men o‘zbekman” degan ta’sirli gapi bilan tanilgan telejurnalist Otabek Musayev endi butun O‘zbekiston kinosiga rahbarlik qiladi.
Otabek Musayev so‘nggi bir necha yildan beri turli davlat lavozimlarida ishlab kelayotgandi. Xususan, 2013-yil fevralida Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan bo‘lsa, keyinchalik O‘zbekiston Prezidenti Devonida mas’ul xodim sifatida ishladi.Keng omma uni asosan milliy filmlardagi ishtiroki orqali taniydi. Otabek Musayev, “Kino-teatr.ru”, “Kinopoisk” kabi ommabop servislar ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yaqin filmlarda suratga tushgan bo‘lib, ularning aksariyati xususiy kinostudiyalar tomonidan suratga olingan, nomlari ham bir-biriga o‘xshash, maishiy mavzulardagi kartinalar bo‘lsa-da, filmografiyasida “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin” kabi turli xalqaro tanlovlarda g‘olib chiqqan kino asarlar ham bor.Mavzuga doir
×
Izoh (0)