“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan rejissor Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olingan “Baron” filmi premyerasi 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 15-yanvar, juma kuni soat 14:00 da Alisher Navoiy nomli kinosaroyining kichik zalida filmning premyeraoldi namoyishi, 16-yanvar, shanba kuni soat 18:00 da kinosaroyning katta zalida keng jamoatchilik uchun taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Filmda Javohir Zokirov, Muhammadiso Abdulxairov, Ulug‘bek Qodirov, Dilorom Egamberdiyeva, Ra’no Shodiyeva, Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Matchonova, Jamila G‘ofurova kabi o‘zbekistonlik aktyorlar, shuningdek, bir qator rossiyalik va boshqa chet ellik san’atkorlar suratga tushgan.
“O‘zbekkino” matbuot xizmatining qayd etishicha, hozirgi vaqtda agentlik buyurtmasiga asosan “Oyqiz ertagi” (Akbar Bekturdiyev), “So‘nggi pushaymon” (Nozim Jumayev), “Zurriyod” (Abduxalil Mignorov), “Ma’suma” (Yolqin To‘ychiyev), “Kuzning bir kuni” (Zulfiqor Musoqov), “Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar” (Sobir Nazarmuhamedov) kabi filmlarni suratga olish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)