Pokistonning Belujiston viloyati Kvetta shahrida yuz bergan portlash natijasida 15 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Mahalliy OAVning ma’lumotiga qaraganda, portlash poliomiyelitni davolash markazi yaqinida aholini emlash vaqtida yuz bergan.
“15 kishi halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari politsiyachidir”, — dedi mahalliy politsiya vakili. U, shuningdek, o‘n kishi yaralanganligi, shundan to‘qqiz nafari politsiya xodimi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)