Putinning taxminiy kuyovi, “Sibur” neft-kimyo kompaniyasining egalaridan biri Kirill Shamalovning boyligi 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda Forbes nashri ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
O‘z navbatida, Shamalovning vakili ushbu raqamga izoh bermadi.
Ta’kidlanishicha, 2015-yilning dekabrida “Sibur” neft-kimyo kompaniyasi o‘n foizining Xitoyning Sinopec davlat kompaniyasiga 1,339 milliard dollarga sotilishi uning egalaridan biri – 33 yoshli Kirill Shamalovni dollarli milliarder deb hisoblashga imkon beradi.
Nashrning qayd etishicha, Sinopec bilan shartnoma imzolash vaqtida “Sibur”ning 21,3 foizi Shamalovga qarashli bo‘lgan.
Izoh (0)