Poytaxtning Mirobod tumanida “Kamolot”ning ikkita 32 xonadonli ko‘p qavatli uyi barpo etildi, deb xabar beradi Uz24.
Ushbu uylardagi kvartiralarni ilm-fan, madaniyat va sport sohasidagi yuqori yutuqlari bilan O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan yoshlar qo‘lga kiritdi.
2015-yilda Toshkentning Sergeli, Uchtepa va Bektemir tumanlarida ushbu loyiha asosida “Kamolot”ning beshta uyi qurilib, 160 ta yosh oilaga foydalanish uchun topshirildi.
2016-yilda “Kamolot”ning 1,5 mingga yaqin uyi foydalanishga topshiriladi. Ipoteka krediti asosida yosh oilalarga ikki xonali, ikki va undan ortiq farzandi bor oilalarga esa uch xonali uylar taqdim etiladi.
Izoh (0)