Dog‘iston Respublikasining Tlyaratinskiy tumanidagi Ansux—Tlyarata avtomobil yo‘lining yetti kilometrida qor ko‘chkisi yuz berdi. Natijada 16 mingga yaqin kishi yashovchi 55 ta aholi punkti avtomobil qatnov yo‘lidan uzib qo‘yildi. Bu haqda Dog‘iston Respublikasi bo‘yicha FVV boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
“2016-yilning 8-yanvar kuni 22:30 da Rossiya FVVning Dog‘iston Respublikasi bo‘yicha bosh boshqarmasi navbatchilik qismiga Tlyaratinskiy tumanidagi Ansux—Tlyarata avtomobil yo‘lining yetti kilometrida qor ko‘chkisi yuz berganligi haqida ma’lumot kelib tushdi. Natijada Tlyarata—Maxachqal’a avtomobil yo‘li yopilib qoldi. 16 mingga yaqin kishi yashovchi 55 ta aholi punkti avtomobil qatnov yo‘lidan uzilib qoldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Avtomobil harakati to‘xtatilgan, aylanib o‘tadigan yo‘l yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun 11 kishi va beshta texnika jalb etilgan.
Izoh (0)