8-yanvar kuni internetda kasalxonadagi shifokor qabulxonasiga o‘rnatilgan videokamera yozuvi paydo bo‘ldi. Unda shifokor hamshiraga tegajoqlik qilgan bemorni bir zarba bilan o‘ldirib qo‘ygani aks etgan. Bu haqda Life News xabar bermoqda.
Hodisa Rossiyaning Belgorod shahridagi 2-sonli kasalxonada 29-dekabr kuni yuz bergan. Videoda shifokor o‘z hamkasbi bir bemorni ko‘rikdan o‘tkazayotgan xonaga kirib kelgani aks etgan. U nima sababdan “bemor hamshirasiga tegajoqlik qilgani” bilan qiziqdi, so‘ng uni tutib olib, boshqa xonaga sudrab chiqarmoqchi bo‘ldi.
Shifokor bemorning boshiga musht tushirdi, shundan keyin u yerga yiqildi va tiriklik belgilarini namoyon qilmay qo‘ydi. Voqea joyida turgan tibbiy xodimlar jabrlanuvchi ko‘kara boshlaganini qayd etdi. Shifokor uni jonlantirishga urindi, biroq bunga muvaffaq bo‘lmadi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi shifokorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘adi, u o‘limga sabab bo‘lgan jarohatlarni yetkazganlikda ayblanmoqda.
Izoh (0)