Turkiyaning g‘arbiy qismida joylashgan Chanoqqal’a viloyatida avtobus va yengil avtomobilning to‘qnashib ketishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Yana 30 kishi yaralandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Sinxua” agentligining ma’lum qilishicha, YTH natijasida avtomobildagi odamlar qurbon bo‘lgan. Ulardan ikki nafari qochoq maqomida bo‘lgan. Yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketgan avtobus Suriya, Afg‘oniston va Myanmadan noqonuniy qochoqlarni olib ketayotgan va Gretsiyaning Lesbos oroliga yo‘l olgan edi.
Avtohalokat sabablari hozircha noma’lum. Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Izoh (0)