Pokistonda mikroavtobusga o‘rnatilgan gaz ballon moslamasining portlashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Nation nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.
Hodisa 3-yanvar, yakshanba kuni Karak tumanidagi Indas-Xayvey trassasida sodir bo‘ldi. Peshovor shahridan Dera-Ismoil-Xon shahriga ketayotgan mikroavtobusning ichida o‘rnatilgan gaz balloni kutilmaganda portlab ketishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi.
Politsiyaning ta’kidlashicha, mikroavtobusda to‘yga ketayotgan oila bo‘lgan.
Halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar ayol borligi ma’lum qilindi. Yana olti kishi qutqarilib, yaqin atrofdagi shifoxonaga yuborildi.
Izoh (0)