Harbiy kiyimdagi bir guruh odamlar 4-yanvar, dushanba kuni Iroq markazidagi ikkita masjidda portlovchi moslamalarni ishga tushirganligi oqibatida uch kishi yaralandi. Bu haqda AFP bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisalar Bag‘dod janubida joylashgan Xilla tumanidagi sunniylarning masjidlarida sodir bo‘ldi.
Shuningdek, Iroq poytaxti yaqinidagi Al-Iskandariya shahrida yashovchi so‘fining ham o‘z uyi oldida o‘ldirilganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)