Filippinda Yangi yil oqshomida pirotexnika vositalarini portlatish oqibatida kamida 380 kishi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Baxtsiz hodisalarning aksariyat qismi qo‘lda yasalgan sifatsiz mushaklardan foydalanish bilan bog‘liq. Bundan tashqari, mamlakatning o‘nlab fuqarosi pirotexnika vositalarining uyga tushishidan jabrlandi.
O‘qotar qurolga ega ko‘pchilik filippinliklar Yangi yil kechasi havoga o‘q uzgan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi jabrlangan.
Filippin Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga qaraganda, Yangi yilda pirotexnika vositalari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar soni o‘tgan yilgiga qaraganda, ikki marta kamaygan.
Izoh (0)