Iroqda terrorchilik harakatlari, zo‘ravonlik va qurolli mojarolar natijasida 2015-yil davomida 22 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan va yaralangan. Bu haqda BMT ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
“2015-yil davomida tinch aholi o‘rtasida jabrlangan va halok bo‘lganlar (jumladan, Anbar viloyatidagi o‘ldirilgan politsiya xodimlari va yaralanganlar bilan birga) soni 22 ming 370 kishini (7515 nafari halok bo‘lgan va 14 855 nafari yaralangan) tashkil etdi”, — deyiladi hisobotda.
Ma’lum qilinishicha, dekabr oyida zo‘ravonlik harakatlari oqibatida 506 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan, yana 867 nafari jabrlangan. Harbiy xizmatchilar orasida ushbu davr ichida halok bo‘lganlar 474 kishini, yaralanganlar 377 kishini tashkil etdi.
Izoh (0)