Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyning bayon qilishicha, Turkiya Iroq hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish haqidagi va’dasini bajarmadi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
“Biz Iroqga tashrif buyurgan turk delegatsiya bilan Turkya hukumati o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi haqida kelishgan edik, lekin ular o‘z majburiyatlarini bajarmadi”, ― dedi al-Obodiy.
Bosh vazirning ta’kidlashicha, Anqara Iroqning mustaqilligini hurmat qilishi va harbiylarni chiqarishi lozim.Iroq TIV rahbari Ibrohim al-Ja’fariy agar Turkiya qo‘shinlari Iroq hududida qoladigan bo‘lsa, Bag‘dod shu masala bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashiga takroran murojaat qilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya harbiylarining bir qismini Shimoliy Iroqdan olib chiqib ketganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)