Ukraina iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi Rossiyaga qarshi oziq-ovqat sanksiyalari haqidagi dastlabki ma’lumotni e’lon qildi, deb yozadi Meduza.
2016-yil 2-yanvardan Ukraina Rossiya mahsulotlari importiga boj kiritishni va’da qilmoqda. Bundan tashqari, 10-yanvardan ba’zi Rossiya mahsulotlari olib kirilishi taqiqlanadi.
Go‘sht, parranda, baliq, dengiz mahsulotlari, sut mahsulotlari, qahva, choy, shokolad, qandolatchilik mahsulotlari, bolalar ozuqalari, makaronlar, pivo, aroq, sigareta va boshqa turdagi mahsulotlar taqiqlanadi.
Sanksiya ro‘yxatidan oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, temiryo‘l va tramvay yo‘llari uchun uskunalar, shuningdek, lokomotivlar o‘rin oladi.
Izoh (0)