AQSh Milliy xavfsizlik agentligi, prezident Barak Obamaning o‘z ittifoqdoshlari ustidan josuslik qilishni to‘xtatish haqidagi va’dalariga qaramay, Isroil rasmiy shaxslari, shu jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyaxu faoliyatini kuzatishda davom etmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal’ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Obama ba’zi chet el rahbarlari, jumladan, Netanyaxu va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ustidan maxfiy kuzatuv “AQSh milliy xavfsizligini ta’minlash manfaatlariga javob berishi” haqida qaror qabul qilgan.
Amerika ma’muriyati xalqaro aloqa tizimlariga kiritilgan “raqamli implantlar”ni o‘chirish yoki olib qo‘yishdan bosh tortdi.
Nashr yozishicha, Isroil bosh vaziri suhbatlarini tinglashga Isroil maxsus xizmatlari amerikalik rahbarlarni kuzatayotganidan xavfsirash sabab bo‘lgan.
Izoh (0)