Germaniya Federativ Respublikasi IIV bayram kunlari teraktlar sodir etilishi mumkinligi va terrorchilik hujumlari davomida qo‘lda yasalgan portlovchi qurilmalardan foydalanish ehtimoli borligini istisno qilmaydi. Bu haqda Bild nashri ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Qo‘lda yasalgan portlovchi qurilmalardan foydalanish, shuningdek, o‘q otuvchi qurol va boshqa xavfli vositalardan foydalanib hujumlar amalga oshirilishi mumkin”, — deb yozadi nashr boshqarmaning maxfiy hisoboti ma’lumotlariga tayanib.
Berlin markazida 31-dekabr kungi ko‘cha sayrlarida bir millionga yaqin kishi qatnashishi mumkin. Poytaxt politsiyasi tomonidan bayram davomida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun kuchaytirilgan xavfsizlik choralari joriy etilgan.
Izoh (0)