26-dekabr kuni Eron katerlari Ormuz bo‘g‘ozida AQShning Harry Truman aviatashuvchisidan 1,4 kilometrga yaqin masofada raketalar bilan o‘quv otishmalarini o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Raketalar aviatashuvchini nishonga olmaganligiga qaramasdan, AQSh Eronning harakatlarini “asossiz provokatsiya va xavfli harakatlar” deb baholadi.
AQSh hukumati rasmiy vakillari Harry Truman va uning yaqinida bo‘lgan Buckley esminetsi hech kimning suv hududiga kirmasdan, xalqaro tan olingan yo‘lakdan ketayotganligini ma’lum qildi. Eron Harbiy-dengiz kuchlari ratsiya yordamida o‘quv otishmalarining boshlanishi to‘g‘risida ogohlantirib, kema kapitanlaridan yo‘nalishni o‘zgartirmaslikni so‘ragan.
Manbalarning ma’lum qilishicha, Eron katerlari bir nechta boshqarib bo‘lmaydigan raketalarni Amerika aviatashuvchisi o‘ng bortidan taxminan 1,4 kilometr masofadan uchirgan.
Izoh (0)