Xitoyda Szyansi viloyatidagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarining sobiq rektori Chjou Venbin pora olganligi va jamoat jamg‘armalarini talon-taroj qilganligi uchun bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etildi. Chjou Venbin 2002—2013-yillarda dastlab Xitoy geologiya instituti, keyin esa Nanchan universitetiga rahbarlik qilgan. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
U naqd pul va qimmatbaho sovg‘alar ko‘rinishida 3,24 million dollardan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritganlikda aybdor deb topildi. Bu mablag‘larni unga asosan xususiy kompaniyalar va maktablar bergan, buning evaziga Venbin ularga turli loyihalarda g‘olib bo‘lib, davlat mablag‘larini olishiga yordam bergan.
55 yoshli sobiq rektor, shuningdek, Nanchan universiteti jamg‘armasidan o‘n million dollarga yaqin mablag‘ni qonunga xilof ravishda sarflashda aybdor deb topildi. U 2013-yilda hibsga olingan edi.
Izoh (0)