Braziliya Sanitariya nazorati milliy agentligi denge bezgagiga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani qo‘llashni tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Fransiya farmakologiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori uch oydan so‘ng mamlakat dorixonalarida sotila boshlaydi.
Braziliyalik olimlar tadqiqotlariga ko‘ra, ushbu vaksina samaradorligi 63 foizga teng. Ularning fikricha, o‘rtacha ko‘rsatkichga qaramay, dori kasallik tarqalishiga qarshi kurashga katta hissa qo‘shishi mumkin.
Vaksina ko‘p sayohat qilishi tufayli kasallanish xavfi yuqori bo‘lgan kishilar guruhi — 9—45 yoshlilarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Izoh (0)