Uganda hududida joylashgan Viktoriya ko‘lida Rojdestvo ta’tillari davomida kamida 13 kishi cho‘kib ketdi. Ushbu davrda suv havzasida kuchli to‘lqinlar qayd etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Halok bo‘lganlar asosan yosh yigitlar bo‘lgan. Ular kuchli to‘lqin ko‘tarilganda ko‘lda suzayotgan bo‘lgan”, — deydi Uganda poytaxti politsiyasi vakili Patrik Onyano.
Ta’kidlanishicha, Viktoriya ko‘lida baxtsiz hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Biroq bir hodisaning o‘zida shuncha odamning halok bo‘lish holati birinchi marta qayd etildi.
“Birinchi marta bu kabi katta sonlar qayd etilmoqda. Bungacha bir yoki ikki kishining halok bo‘lishi bilan bog‘liq alohida holatlar yuz bergan”, — deb ta’kidladi Onyano.
Izoh (0)