Hindistonning Panjob va Xaryon shtatlarining poytaxti bo‘lgan Chandigarx shahrida qurilayotgan binoning qulab tushishi oqibatida olti kishi halok bo‘lib, bir necha o‘nlab kishi tan jarohati oldi. Bu haqda NDTV bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, qulab tushgan bino qurilish ishlari olib borilayotgan maydonga yaqin joyda bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, quruvchilar binoning poydevori bilan mashg‘ul bo‘lib turgan vaqtda, ichida quruvchilar bo‘lgan qo‘shni bino qulab tushgan.
Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 14 nafar ishchini qutqardi. Yana o‘nlab kishi qulab tushgan binoning ostida qolib ketganligi tahmin qilinmoqda.
Izoh (0)