Nigeriyaning shimoli-sharqidagi masjidlardan birida 28-dekabr, dushanba kuni yuz bergan portlash oqibatida 20 nafarga yaqin kishi halok bo‘lib, yana 91 kishi yarlandi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Mamlakatning Favqulodda vaziyatlar davlat agentligining ma’lum qilishicha, hodisa Mayduguri shahrida sodir bo‘ldi. Portlash sabablari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)