Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun hududida yuzaga kelgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, yana minglab kishi uyidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda News24 bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in tufayli Keyptaunning markazida bo‘lgan Tafelberg tog‘ining atrofidagi Mfuleni, Freyxrond, Imizamo Yetu va Mandela Park tumanlaridagi ko‘plab uy-joylar yonib ketdi.
Mamlakatda yuzaga kelgan issiq va shamolli ob-havo yong‘inning avj olib ketishiga sababchi bo‘lmoqda. Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, boshlanayotgan yoz fasli JAR va Afrikaning janubiy mamlakatlarida qirg‘oqchil bo‘lishi kutilmoqda. Daryo, ko‘l va suv omborlari sayozlashib ketib, shaharlarda elektr energiyasi va suvning muntazam ravishda o‘chirilishi kuzatilmoqda.
Keyptaunning yon atrofidagi hududlar bir-biri bilan qo‘shilib ketadigan ikki okean ― Atlantika va Hind okeanlari tomonidan doim esib turadigan shamolning ta’sirida bo‘lganligi sababli, bu joylar, odatda, eng ko‘p zarar ko‘radi. Havoning nisbatan baland bo‘lmagan 35 darajagacha ko‘tarilishi esa nafasni qaytaradigan darajada issiq bo‘ladi.
Izoh (0)