Dunyo okeani rekord darajada isishi fonida meteorologlar 2015-yilda 50 dan ortiq tropik siklon sodir bo‘lganini qayd etdi, ularning uchdan bir qismi superto‘fonga aylangan, deb yozadi “Interfaks”.
“Rosgidromet” rahbari so‘zlariga ko‘ra, okeanda harorat 29 va undan yuqori darajalarga chiqsa, to‘fonlar yuzaga kela boshlaydi. Bu yil jami 51 ta tropik siklon qayd etilgan, shulardan 31 tasi to‘fonga aylandi, jumladan 15 tasi superto‘fon tusini oldi.
Idora rahbari ta’kidlashicha, ushbu superto‘fonlarning oltitasi Rossiya hududiga ta’sir qilgan — ular ancha yog‘ingarchilik va kuchli shamollarni olib kelgan.
Izoh (0)