Alisher Usmonov “Megafon” va Yota telekommunikatsion kompaniyalari birlashishini ma’lum qildi. Bu yaqin ikki yil ichida ro‘y berishi mumkin, deya xabar beradi “Vesti”.
“Yota’ni xarid qilgan chog‘imizda kelajakdagi LTE texnologiyalari uchun mustahkam asos, chastota resursiga ega bo‘ldik. Bugungi kungacha ‘Megafon’ va Yota alohida faoliyat olib borayotgan, ikki kompaniya ham bosqichma-bosqich rivojlanib kelayotgandi. ‘Megafon’ sal og‘irroq, chunki bozordagi raqobat juda kuchli. Yota infratuzilmaga zo‘r berdi. Endi Yota sho‘ba kompaniya sifatida ‘Megafon’ imkoniyatlaridan ham foydalanishi mumkin. Bu kompaniyalarning ‘Megafon’ infratuzilmasida qo‘shilishi keyingi bosqich bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan Usmonov.
Izoh (0)