Mikrochiplar ishlab chiqaruvchi Intel “Buyumlar Interneti” (Internet of Things, IoT) jahon bozoridagi eng nufuzli kompaniya deb topildi. IoT Analytics mutaxassislari ushbu texnologiyalar bilan bog‘liq brendlar veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda qay darajada tilga olinishini hisob-kitob qilish orqali shunday xulosaga keldi, deb yozadi 3DNews.
IoT-yechimlar ishlab chiqaruvchi eng obro‘li kompaniyalar reytingida Amerika kompaniyalari yetakchi pog‘onalarni band qildi. Intel’dan keyingi o‘rinlarni IBM, Microsoft, Google va Cisco egalladi. Janubiy Koreyaning Samsung va LG brendlari 9 va 10-pog‘onalarda joylashdi.
Dunyodagi eng nufuzli IoT kompaniyalari ro‘yxatida, shuningdek, Yaponiyaning NEC kompaniyasiga 16, Xitoyning Huawei kompaniyasiga 18-o‘rinni berishdi.
“Buyumlar Interneti” konsepsiya bo‘lib, unda moddiy obyektlar Tarmoqqa ulangan hamda ish samarasi va qulayligini oshirish maqsadida axborot almashish uchun boshqa qurilmalar bilan identifikatsiya qilina oladi.
Izoh (0)